27-aprel, chorshanba kuni Islandiya poytaxti Reykyavikdan Londonning Xitrou aeroportiga qaytayotgan laynerni yashin urdi. Bu haqda “RIA Novosti” yozmoqda.
Samolyotda bo‘lganlar jarohat olmagani bildirilmoqda. Yo‘lovchilardan biri The Daily Mail bilan suhbatda yashin zarbasi chog‘ida fyuzelyaj ko‘zni qamashtiruvchi yorug‘likka va quloqni qomatga keltiradigan shovqinga to‘lganini hikoya qilib berdi.
Izoh (0)