Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Gulruhbegim Tohirjonova grossmeysterlik talabini bajardi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Bugun, 26-aprel kuni Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekistonning birinchi grossmeysteri Georgiy A’zamov xotirasiga bag‘ishlangan Tashkent Open xalqaro turnirining so‘nggi turida musobaqaning ikkinchi tartib raqamli ishtirokchisi armanistonlik Tigran Petrosyanni mag‘lubiyatga uchratdi va shu orqali grossmeysterlik talabini bajardi.
Endilikda O‘zbekistonda ayol grossmeysterlar soni ikki nafarga yetdi. O‘zbekistonning birinchi ayol grossmeysteri sifatida Gulruhbegim Tohirjonovaning opasi Nafisa Mo‘minova qayd etilgan.
Izoh (0)