2022-yili Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining noyabr—dekabr oylarida o‘tkazilishi dunyo futboli uchun katta muammolar tug‘dirmaydi. Bu haqda Moskvadagi matbuot anjumani chog‘ida Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Tarixan jahon chempionati yozda o‘tkazib kelingan. Biroq qaror qabul qilib bo‘lindi. Chempionat sanasi surilsa, osmon uzilib, yerga tushib qolmaydi. Jahon chempionati global miqyosdagi muhim tadbir, uni o‘tkazish uchun esa optimal sharoitlar yaratish zarur. Milliy federatsiyalar jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishi uchun ish jadvallarini shunga moslashtirishi talab etiladi”, — deya ta’kidlagan Infantino.
Qatardagi jahon chempionati 2022-yilning 21-noyabridan 18-dekabrigacha o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda.
Izoh (0)