Quddusda avtobus portlab ketdi, unga kichik bomba o‘rnatilgani aniqlandi. Bu haqda shahar meri vakiliga tayanib, Meduza xabar berdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash natijasida 18 kishi jabr ko‘rgan, ulardan ikki nafari og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Portlash bo‘sh avtobusda sodir bo‘lgan, o‘sha vaqtda uning yonidan yo‘lovchilar o‘tirgan boshqa avtobus o‘tib ketayotgan bo‘lgan. Ikkala avtobus ham yonib ketgan. Jabrlanganlar kuyish va is gazidan zaharlanish tashxislari bilan kasalxonaga yetkazilgan.
Izoh (0)