Chilida kuchli yomg‘irlar keltirib chiqargan toshqinlar tufayli ikki kishi halok bo‘ldi va sakkiz kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Mishel Bachelet ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Poytaxt Santyagoning 4,5 millionga yaqin aholisi Maypo daryosi jala oqibatida ifloslangani sababli ichimlik suvidan mahrum bo‘ldi. 80 mingdan oshiq kishi elektrsiz qoldi, 300 kishi evakuatsiya qilindi.
Yuzaga kelgan vaziyat tufayli poytaxt maktablarida 18-aprel, dushanba kuni mashg‘ulotlar bekor qilindi.
Izoh (0)