Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov pornografik materiallarni saqlash va tarqatish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Mamlakatning ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi qonuniga tuzatishlar kiritildi.
Qonunning maqsadi jamiyatning ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini, shuningdek, shaxsning ma’naviy-axloqiy sog‘lig‘ini himoya qilishdan iborat, deyiladi xabarda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109-moddasi — “Pornografik xususiyatga ega bo‘lgan materiallarni tarqatish”ga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Yangi tuzatishlar pornografik mazmundagi materiallarni tayyorlash, tarqatish, saqlash, namoyish etish yoki reklama qilish uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutadi. Qonun Qirg‘iziston parlamenti tomonidan 2025-yil 25-iyunda qabul qilingan.
Bungacha prezident Sadir Japarov “Qirg‘iziston internet makonida pornografik mazmundagi kontent mavjud bo‘lgan saytlarga kirishni taqiqlash to‘g‘risida”gi qonunni imzolagan edi. Loyiha davlat hududida faoliyat yurituvchi provayderlar va sayt egalariga mamlakatda pornografik materiallarga kirishni bloklash majburiyatini yuklaydi.
Izoh (0)