Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe ilk bor rasmiy tashrif bilan Eronga boradi. Bu haqda prezident ma’muriyatining 18-aprel, dushanba kuni e’lon etilgan press-relizida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Ikki mamlakat o‘rtasida 1962-yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan beri Janubiy Koreya rahbarining Tehronga birinchi tashrifi 1—3-may kunlari bo‘lib o‘tadi.
Press-relizga ko‘ra, Pak Kin Xe Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashib, energetika, infratuzilma, xavfsizlik, sog‘liqni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)