Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 13-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 79,52 so‘mga pastlab, 12 509,83 so‘m bo‘ldi;
- yevro 136,36 so‘mga tushib, 14 520,16 so‘m bo‘ldi;
- rubl 1,09 so‘mga pastlab, 156,55 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ikki kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastlab, 12 589,35 so‘m bo‘lgandi. O‘zbekistonda dollar rasmiy kursining yil boshidan buyon eng past qiymati 24-iyunda 12 410,99 so‘m bo‘lgan.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyida o‘zbekistonliklar tarixda ilk bor rekord qiymatdagi dollar sotib oldi. 2025-yil aprelida aholining banklarga dollar sotishi, may oyidan AQSH valyutasini sotib olishi rekord darajada orta boshladi. Iyun oyida tarixda birinchi marta fuqarolar banklardan 1 milliard dollardan ziyod (1,1 milliard dollar) xorijiy valyuta xarid qildi. Taqqoslash uchun, 2024-yil iyunida 697 million dollar sotib olingan.
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari miqdori 2025-yil avgustda 48,74 milliard dollarni tashkil etdi.
Izoh (0)