Myanmada asosiy milliy bayram — yangi yil kirib kelganini bildiruvchi Tinjan suv festivalini nishonlash chog‘ida ro‘y bergan favqulodda hodisalar tufayli 36 kishi halok bo‘ldi va 316 kishi jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Festivalning besh kuni davomida turli ko‘rinishdagi 46 ta baxtsiz hodisa qayd etildi.
Janubi-Sharqiy Osiyoda bayram kunlari sodir bo‘ladigan favqulodda hodisalarga asosan mast holda mashina boshqaradigan haydovchilar sabab bo‘ladi.
Izoh (0)