Xitoy suruvlarni kuzatish uchun Tibetga robot kiyiklar joylashtirdi. Ular 5G aloqa va sun’iy intellektli ko‘rish tizimlari bilan jihozlangan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Robot kiyiklar yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlarning ko‘chishi, oziqlanishi va ko‘payishini real vaqt rejimida kuzatadi. Ohu ko‘zlari va jigarrang mo‘ynasi sababli ular haqiqiy kiyiklardan deyarli farq qilmaydi.
Bu 4 600 metrdan ortiq balandlikdagi Hoh Xil hududida joylashtirilgan birinchi robotlashtirilgan Tibet kiyigi bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Xitoy robototexnika sanoatini rivojlantirish uchun o‘nlab milliard dollarlik subsidiyalar ajratmoqda. Mamlakat yaqinda 2025-yilgi Jahon robotlar konferensiyasiga ham mezbonlik qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 5G texnologiyasi Tibetga 2019-yilda kirib kelgan, 2022-yilda foydalanuvchilar soni 1 millionga yetgan. 2023-yil oxirida esa Gogmo shahrida yangi tayanch stansiyasi qurilgach, butun mintaqa 5G qamrovi ostiga kirdi.
Xitoy—Tibet platosining shimoli-g‘arbida joylashgan Hoh Xil o‘rtacha 4 600 metr balandlikka ega. U og‘ir iqlimi tufayli “inson yashamaydigan yer” deb ataladi. Shunga qaramay, bu hudud biologik xilma-xillikka boy bo‘lib, ko‘pincha “Hayvonlar saltanati” deb nomlanadi.
Izoh (0)