Rossiyaning Mi-28N vertolyoti Suriyada uchuvchilar yo‘l qo‘ygan xato tufayli halokatga uchragan. Bu haqda Rossiya harbiy-kosmik qo‘shinlaridagi manba ma’lum qildi, deb xabar beradi Meduza.
“Komissiyaning dastlabki xulosalariga ko‘ra, Mi-28N halokatiga inson omili sabab bo‘lgan. Vertolyot Suriya hukumat qo‘shinlari nazoratidagi hududga tushgan. Qulash chog‘ida havo kemasining jangovar anjomlari portlamagan. Vertolyot korpusida yoriqlar aniqlanmagan, bu esa uning yerdan turib o‘qqa tutilmaganini bildiradi”, — deb ta’kidlanadi xabarnomada.
Halokat joyida Mi-28N “qora quti”lari topildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq havo kemasini boshqargan uchuvchilarning ismi-sharifi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)