Xitoyning Guandun provinsiyasi Mayun qishlog‘ida qurilish maydonidagi vaqtinchalik boshpananing qulashi natijasida 18 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “Interfaks” mahalliy OAVlarga tayanib.
Yana 18 kishi kasalxonaga yotqizildi. Avariya chog‘ida ikki qavatli barakda jami 139 ishchi bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga kuchli shamol sabab bo‘lgan. Shiddat bilan esgan shamol qurilish krani barak ustiga qulab tushishiga olib kelgan.
Izoh (0)