12-aprel, seshanba kuni Suriyada Rossiyaning Mi-28N jangovar vertolyoti halokatga uchradi. Uning bortida bo‘lgan ikki nafar ekipaj a’zosi nobud bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
Matbuot xizmati vertolyot urib tushirilmaganini ta’kidladi, biroq hodisaning tafsilotlarini keltirmadi. Ekipaj a’zolarining jasadi Rossiyaning Xmeymimdagi bazasiga yetkazildi. Halokat joyida mutaxassislar tezkor guruhi ish boshladi.
Izoh (0)