Rossiyaning Barnaul shahridagi hayvonot bog‘ida yo‘lbars hujum qilgan 13 yoshli qiz qonida alkogol aniqlandi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Oltoy o‘lkasidagi boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Tekshiruvlar chog‘ida voyaga yetmagan qiz qonida 0,5 promille miqdorida alkogol aniqlandi. Tergovgacha surishtiruvlar davomida uning yashash va tarbiyalanish sharoiti, hayvonot bog‘i xodimlarining o‘z vaqtida kerakli harakatlarni amalga oshirgani, xavfli hayvonlar saqlanadigan hududga ruxsatsiz kirishning oldini olishga qaratilgan qanday chora-tadbirlar tashkil etilganligiga oydinlik kiritiladi”, — deya ta’kidladi matbuot xizmati vakillari.
Tergovchilar hodisa joyini ko‘zdan kechirdi, tergov uchun kerakli buyum va hujjatlarni qo‘lga kiritdi, jabrdiyda, hayvonot bog‘i xodimlari va guvohlarni so‘roq qildi. Qizning salomatligiga yetkazilgan zararni aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi belgilandi.
Izoh (0)