Hindistonning Assam shtatidagi Pengeri shahrida yuqori kuchlanishli elektr simining politsiya bo‘limiga to‘plangan namoyishchilar ustiga tushishi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi. Elektr uzatish liniyasi politsiya havoga qarata o‘q uzgandan so‘ng odamlar ustiga tushib ketgan, deya xabar beradi “TASS”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, namoyishchilar ikki kishini o‘ldirishda ayblanayotgan va politsiya qo‘lga olgan bir necha kishini ularga topshirishni talab qilgan. Tajovuzkorona kayfiyatda bo‘lgan va to‘qmoq, o‘q-yoy bilan qurollangan olomonni tarqatib yuborish uchun politsiya xodimlari havoga qarata o‘q uzgan. Bir necha o‘q odamlar ustidagi yuqori kuchlanishli elektr simiga tekkan va uning uzilib tushishiga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)