“Katta yettilik” davlatlari (AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada va Yaponiya) dunyoda sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi qurol yaratilayotganligi haqidagi ta’kidlardan xavotir bildirmoqda. Bu haqda 11-aprel, dushanba kuni tarqatilgan G7 tashqi ishlar vazirlarining Xirosimadagi uchrashuvi kommyunikesida ma’lum qilingan, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Biz sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi vositalar rivojlanib borayotganidan xavotirdamiz. Koinotda himoyalanish, xavfsizlik va barqarorlik mustahkamlanishi, transparentlik yuqori bo‘lishi, shuningdek, koinotdagi faoliyatning barcha turlari uchun mas’uliyat me’yorlari mustahkamlanishi tarafdorimiz”, — deya ta’kidlagan Xirosimadagi uchrashuv ishtirokchilari.
Hujjatda bu bilan shug‘ullanayotgan mamlakatlar nomi keltirilmagan, biroq oldinroq AQSh milliy razvedkasi rahbari Kongressdagi chiqishida Rossiya va Xitoy Amerika koinot tizimlariga qarshi qurol yaratayotgani haqida bildirgandi.
Izoh (0)