Rossiyaning Oryol viloyati tergov idoralari avtokran kajavasidan qulab nobud bo‘lgan 26 yoshli yigitning o‘limi sabablarini o‘rganmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Rossiya Tergov qo‘mitasining viloyat boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 10-aprel, yakshanbaga o‘tar kechasi Oryol tumanining Jilino qishlog‘ida shirakayf yigitlar yaqin atrofga qo‘yilgan avtokranni ko‘rib, selfi tushishga qaror qilgan. Ulardan biri avtokran kajavasiga chiqqan, boshqasi esa kabinaga ko‘tarilib, kajavani balandga ko‘targan. Shundan so‘ng kajava ag‘darilib ketgan va undagi yigit boshi bilan pastga qulagan.
Ismi keltirilmagan yigit olingan jarohatlar tufayli olamdan o‘tdi.
Hozirda hodisaning to‘liq tafsilotlari aniqlanib, jinoiy ish ochish masalasi ko‘rilmoqda.
Izoh (0)