Nigeriya sohillari yaqinida bugun, 11-aprel kuni dengiz qaroqchilari “M/T Puli” tankeri ekipaji a’zolari orasidan olti nafar turkiyalik dengizchini o‘g‘irlab ketdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Kemaga egalik qiluvchi kompaniya vakillari ma’lum qilishicha, turklarning qayerda ekanligi noma’lum, ammo ularning jabr ko‘rmagani ta’kidlanmoqda. Kemaning o‘zi bortda qolgan ekipaj a’zolari tomonidan eng yaqin portga yetkazilgan. O‘g‘irlanganlar orasida kema kapitani ham bor.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya vakillari qaroqchilar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Izoh (0)