Afg‘onistonda poytaxtining Bagrami ma’muriy dahasida 11-aprel, dushanba kuni tashkilot avtobusi portlatilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani va ular mamlakat ta’lim vazirligi xodimlari ekanligi ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Oldinroq terakt tufayli bir kishi halok bo‘lganligi bildirilgandi.
Shu kuni ertalab mazkur dahada mamlakat IIV xodimlari avtomashinasi ham portlatib yuborilgan, buning oqibatida bir kishi nobud bo‘lgan, olti kishi jarohatlangan.
Izoh (0)