AQShning Kentukki shtatida yashovchi 102 yoshli ayol Breshiya universitetini uning mashg‘ulotlariga qatnasha boshlaganidan 60 yil o‘tib tamomladi. Bu haqda Metro xabar bermoqda.
Boarmenning qizi universitet ma’muriyati xodimasiga onasi 102 yoshga to‘lgani, biroq oliy ma’lumot egasi bo‘lolmagani haqida hikoya qilib bergan. Bundan xabar topgan oliy o‘quv yurti rahbariyati ayolga Breshiya universitetini yakunlagani haqidagi diplomni berishga qaror qilgan. Uni olganidan so‘ng Boarmen mazkur universitetning eng yoshi katta bitiruvchisiga aylandi.
Izoh (0)