Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyatida avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida sakkiz kishi nobud bo‘ldi, 40 kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Viloyat hokimi Umar Zvakning ma’lum qilishicha, hodisa ertalab 8:00 atrofida ro‘y bergan. O‘lgan va yaralanganlar orasida ayollar hamda bolalar bor. Halokat sababi hozircha aniqlanmagan.
Izoh (0)