Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev respublika bosh vaziri Temir Sariyevning iste’fosi haqidagi buyruqni imzoladi, deya xabar bermoqda “TASS” Qirg‘iziston davlat rahbari matbuot xizmatiga tayanib.
Hujjatda bosh vazir, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, bosh vazir o‘rinbosarlari, hukumat a’zolari lavozimlarini egallab kelgan shaxslar hukumatning yangi tarkibi shakllanguniga qadar respublika hukumati a’zolari majburiyatlarini bajarishda davom etishi aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev iste’fo berishi haqida 11-aprel, dushanba kuni vazirlar mahkamasining navbatdan tashqari yig‘ilishida ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)