Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida Yak-52 o‘quv samolyoti halokatga uchradi. Uning bortidagi ikki kishi halok bo‘lgan, deya xabar beradi Meduza.
“Yak-52 samolyoti ‘Kalachevo’ aerodromi hududida qulashi oqibatida instruktor va kursant qiz nobud bo‘ldi”, — deya ta’kidlagan favqulodda xizmatlardagi manba.
Havo kemasi aerodromdan sakkiz kilometr uzoqda qulagani bildirilmoqda. Boshqa tafsilotlar hozircha keltirilmagan.
Izoh (0)