Yamanda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi bir kecha-kunduzga kechiktirildi, deya xabar bermoqda “TASS”. U, BMTda rejalashtirilganidek, Yamandagi o‘zaro muzokaralarni boshlab berishi kerak.
Sky News Arabia telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, nizo tomonlari, ya’ni hukumatparast kuchlar va ularni qo‘llab-quvvatlayotgan arab koalitsiyasi hamda shia isyonchilari (xusiylar) 10-aprel, yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi qurolni tashlashi kutilmoqda.
Dastlab, yarashuv o‘tgan tunda kuchga kirishi kerak edi. Ammo rejalashtirilgan muddatdan bir kun avval mamlakatda, ayniqsa, Saudiya Arabistoni bilan chegaradosh tumanlarda og‘ir janglar olib borilayotgan edi. Shu tufayli, bundan oldingi vaziyatlarda ham bo‘lgani kabi, ular davom etishi istisno qilinmayapti.
Izoh (0)