5-aprel, seshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatga tashrif buyurgan Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Tobias Ellvudni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda turli sohalardagi munosabatlarning hozirgi holati va kelajagi muhokama etildi. Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar, jumladan, parlamentlararo va tashqi siyosiy idoralar o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanib borayotgani qayd etildi.
Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Kristofer Alan ishtirok etgan muzokaralarda xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar, xususan, Afg‘onistondagi vaziyat ham ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)