“RIA Novosti” agentligining tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi ma’muriyatidagi manbasi ozarbayjonlik harbiylar bilan janglar tugamaganini ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”. Uning so‘zlariga ko‘ra, faol jangovar harakatlar Tog‘li Qorabog‘ning janubi-sharqiy va shimoliy qismlarida davom etmoqda.
Ozarbayjon mudofaa vazirligi esa boshqacha nuqtai nazarni bildirmoqda. Harbiy muassasa vakili Vagif Dyarxagli “jangovar harakatlar ayni paytda olib borilmayotgani”ni aytdi.
Shu bilan birga, Stepanakertda ham, Bokuda ham vaziyatni nazorat qilishayotganini ta’kidlashdi.
Izoh (0)