Hukmron kommunistik partiyaning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan syezdida davlat rahbarligiga tavsiya etilgan general Chan Day Kuang 2-aprel, shanba kuni Milliy majlis (parlament) sessiyasida Vyetnamning yangi prezidenti etib tasdiqlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mazkur lavozimga tayinlanguncha 60 yoshli general jamoat xavfsizligi vazirligini boshqargan. Uning nomzodini deputatlarning 91 foizi ma’qulladi.
Davlat rahbari lavozimida Chan Day Kuang Vyetnamni 2011-yildan beri boshqarib kelgan 67 yoshli Chiong Tan Shangni almashtirdi. U kelgusi haftada parlamentga hukumat rahbarligiga nomzodini taqdim etishi kutilmoqda.
Izoh (0)