AQSh prezidenti Barak Obama Vashington yadro qurolsizlanishi jarayonini davom ettirishni istayotganligi, biroq hozircha Rossiya tomonidan bu borada o‘zgarishlar sezilmayotganligini bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Men prezident sifatida yadro aslahalarimiz kelgusida qisqarishini afzal ko‘rgan bo‘lardim”, — deya ta’kidlagan Obama Vashingtonda bo‘lib o‘tgan yadro xavfsizligi sammiti yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.
Oldingi uch sammitda ishtirok etgan Rossiya bu gal anjumanda qatnashmaslikni ma’qul ko‘rdi. Gaagada bundan ikki yil avval bo‘lib o‘tgan sammitda Moskva o‘ziga yadro materiallari zaxiralarini qisqartirish bo‘yicha majburiyatlarni olishdan bosh tortgandi.
Izoh (0)