AQSh 2017-yilda Yevropaga yuborishni mo‘ljallayotgan qo‘shimcha qo‘shinlarni Latviya, Litva va Polshada joylashtirish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bu haqda Estoniya mudofaa vaziri Xannes Xanso ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Amerikaliklar hozirda Yevropada joylashtirib bo‘lingan ikki brigadaga qo‘shimcha zirhli tank brigadasi, shuningdek, yana bir brigada uchun jangovar texnika va anjom-aslahalar jo‘natishni va’da qilgan. Estoniyaga qancha qurolli kuchlar yuborilishi bo‘yicha hali kelishuvga erishilmagan.
“Estoniyada qancha texnika yoki shaxsiy tarkib joylashtirilishi asosiy masala emas. Muhimi, Estoniya yaxshiroq himoyalangan bo‘ladimi yoki yo‘qmi, ana shunda. Logistika jihatidan olib qaraganda qo‘shinlar Latviyada joylashtirilgani ma’qul, zarurat tug‘ilganda yaqin bo‘lgani uchun murojaat etish mumkin. Qo‘shimcha kuchlarning aynan Estoniyada bo‘lishi shart emas, bizda joylashtirish uchun batalyon yoki 400—500 nafar askar yetarli”, — deya ta’kidlagan vazir.
Izoh (0)