5,5 tonnalik yirik narkotiklar partiyasini AQSh bojxona va chegara xizmati xodimlari Texas qirg‘oqlarida qo‘lga tushirdi, deya xabar bermoqda “TASS”. Narxi qora bozorda taxminan 200 million dollarga teng bo‘lgan kokain kemaga ortilgan bo‘lgan.
ABC telekompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bortdagi to‘rt kishi hibsga olingan, yuk qo‘lga tushirilgan, kemaning o‘zi esa cho‘kib ketgan.
Telekompaniya qayd etishicha, bortida besh tonna narkotik bo‘lgan xuddi shunday kema o‘tgan yilning avgustida ham AQSh Qirg‘oq soqchiligi tomonidan Markaziy Amerika sohillarida qo‘lga olingan edi.
Izoh (0)