Liviya poytaxti Tripoli rasmiylari shaharda favqulodda holat e’lon qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Bunday chora Milliy birlik hukumatining Tripoliga ko‘chib kelish rejalari bilan bog‘liq ekanligi bildirilmoqda. Hozirda Faiz Saraj boshchiligida shu yil fevral oyida shakllantirilgan va 13 nafar vazir, 5 nafar davlat vaziridan iborat mazkur hukumat Tunisda bo‘lib turibdi.
Liviya poytaxtidagi jahon hamjamiyati tomonidan tan olinmagan Xalif al-Gveyl boshqarayotgan hukumat Milliy birlik hukumatining Tripoliga ko‘chib kelishiga bir necha bor qarshi chiqqandi. Al-Gveyl uning nazoratidagi mudofaa va ichki ishlar vazirligi, shuningdek, qurolli ko‘ngillilar otryadlariga xavfsizlik uchun zarur barcha choralarni ko‘rish, jumladan, patrullarni kuchaytirish yuzasidan ko‘rsatma bergan. Rasmiylar turli guruhlar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuzaga kelishining oldini olish niyatida.
Izoh (0)