Ergashxodjayev Islamdjan Djasurovich Toshkent viloyati hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Islamdjan Ergashxodjayev 1970-yilda Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan. 1995-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Ushbu lavozimni egallaguniga qadar u Toshkent viloyati Piskent tumani hokimi bo‘lib ishlagan.
Undan avval — 2011-yilda Toshkent viloyati Ohangaron tumani prokurori, 2009—2011-yillarda Ohangaron shahar prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh (0)