KXDR xakerlari Janubiy Koreya rasmiy shaxslariga tegishli smartfonlardagi ma’lumotlarni o‘g‘irlagan. Bu haqda Janubiy Koreya milliy razvedka agentligi rasmiy bayonotiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Agentlikning bildirishicha, Pxenyan 2016-yil fevrali oxiri va mart avvalida Janubiy Koreyadagi o‘nlab yuqori martabali mansabdorlar smartfonlarini buzib, ulardagi aloqalar ro‘yxati, xat-xabarlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lgan. Xakerlar zararli dasturlarga havolalar bo‘lgan xabarlar jo‘natish bilan ham shug‘ullangan va buning oqibatida har beshinchi buzilgan smartfon shunday dasturlarni “yuqtirib” olgan.
Seul shimoliy qo‘shnisini ko‘p bor kiberhujumlarda ayblagan, biroq Pxenyan doimo ularga aloqadorligini qat’iyan rad etib kelgan.
Izoh (0)