Rossiya qamoqxonalardagi o‘lim soni bo‘yicha Yevropada yetakchi o‘rinlardan birida turibdi: mazkur ko‘rsatkich har 1000 nafar mahbusga 6 kishiga to‘g‘ri keladi (boshqa mamlakatlarda o‘rtacha 2,8 ga teng). 2013-yili qamoqxonalarda 4200 kishi o‘lgan, ulardan 461 nafari joniga qasd qilgan. Bu haqda Yevropa Kengashi tomonidan tayyorlangan, tuzilma tarkibiga kiruvchi 47 davlat jazoni o‘tash muassasalaridagi holatga bag‘ishlangan ma’ruzada ma’lum qilingan, deya xabar beradi “RBK”.
Rossiya mahbuslar soni bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda — 2014-yilda ular 671 ming kishini tashkil etgan (2016-yil 1-fevral holatiga 646 ming) va 100 ming aholiga 467 nafar mahbusga to‘g‘ri kelgan. Taqqoslash uchun, Buyuk Britaniyada bu ko‘rsatkich taxminan 150 nafar mahbusga teng.
Mamlakatda hibsda saqlashning o‘rtacha muddati 5 dan 10 yilgachani tashkil etadi, mahbuslarning 36,8 foizi shunday muddatli jazoni o‘tamoqda. Shuningdek, Rossiya qotillik uchun qamalganlar soni bo‘yicha ham yetakchilik qilayotgani qayd etilgan.
Izoh (0)