Toshkentdagi Sebzor ko‘chasi yoqasida joylashgan Ikat restoranida 9-mart, chorshanba kuni yong‘in yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabarlar qoldirilgan.
Yong‘in nima sababdan kelib chiqqani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Fotoxabar ostida fikr bildirgan foydalanuvchilardan biri olov taxminan 100 kvadrat metr maydonni qamrab olgani haqida qayd qoldirgan.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida hozircha axborot yo‘q.
Izoh (0)