Toshkent metropolitenining “O‘zbekiston” yo‘nalishi uchun yangilangan vagonlar tayyorlanmoqda. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirilgan.
Ta’mirdan chiqarilgan vagonlar qachondan yo‘lga chiqishi haqida ma’lumot berilmagan. Xabarga ilova qilingan suratlarda ta’mirlash ishlari davom etayotganini ko‘rish mumkin.
Avvalroq Toshkent yo‘lovchi vagonlarni ta’mirlash zavodi Toshkent metropoliteni buyurtmasiga asosan metro vagonlarini kapital ta’mirdan chiqarayotgani haqida xabar berilgan edi.
Xizmat muddati 15 yilga uzaytirilgan dastlabki yangi vagonlar 2015-yildan metropolitenning “Chilonzor” yo‘nalishida harakatlanishni boshlagan edi.
Izoh (0)