O‘zbekiston Mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi ommabop Telegram messenjerida o‘z kanali (@migrationuz) va boti (@migrationuzbot)ni ishga tushirdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” vazirlik axborot xizmatiga tayanib.
Vazirlik Axborot-kompyuter markazining ushbu ishlanmalari aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan.
Bot yordamida agentlikning migratsiya, litsenziyalash va shaxsiy shartnomalar berish bo‘yicha bo‘limlariga taqdim etish uchun zarur bo‘lgan shakl va blankalarni yuklab olish, shuningdek, rahbariyatning qabul kuni va soatlarini bilib olish mumkin. Bundan tashqari, ko‘p beriladigan savollar javoblaridan xabardor bo‘lish mumkin.
Agentlik kanaliga obuna bo‘lgan holda esa, foydalanuvchilar uning faoliyati bilan bog‘liq so‘nggi yangiliklarni kuzatib boradi.
Izoh (0)