Shimoliy Koreyaning KCNA agentligi mamlakat rahbari Kim Chen Inning yadroviy snaryad maketi oldida tushgan suratlarini tarqatdi. Bu haqda BuzzFeed nashriga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.
Suratlar ikki Koreya o‘rtasidagi munosabatlarning sovuqlashishiga hamda Janubiy Koreyaning AQSh bilan o‘tkazayotgan keng miqyosli harbiy o‘quv mashg‘ulotlariga javob tariqasida chop etilgani aytilmoqda.
Xabarnomada ta’kidlanishicha, suratlarda “mitti yadroviy snaryad” aks etgan. U uzoq masofaga mo‘ljallangan ballistik raketalarga o‘rnatiladi.
Shimoliy Koreya mutasaddilari o‘z ishlanmalari haqida gapirayotganiga qaramay, ekspertlar KXDRda bunday texnologiyalar borligiga shubha bilan qaramoqda. Ular e’lon qilingan suratlarni qo‘rqitishga mo‘ljallangan aksiya sifatida baholamoqda.
Izoh (0)