8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami to‘liq Quyosh tutilishi bilan yakunlanadi. Bu haqda astronom, Rossiyadagi Sankt-Peterburg planetariysi ma’ruzachisi Mariya Boruxa ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vesti”.
Quyosh tutilishi Quyosh, Oy va Yer deyarli bir nuqtada turganda ro‘y beradi. To‘liq tutilish uchun esa Oy soyasi Yer yuzasiga yetishi, uning gardishi esa Quyosh gardishini butkul qoplashi talab etiladi.
Shunday holatni dunyo vaqti bo‘yicha 9-mart, 00 soat, 16 daqiqa o‘tganda kuzatish mumkin. Quyosh Tinch okeanidan turib kuzatganda to‘rt daqiqadan ko‘proq, quruqlikda esa bundan bir daqiqa kamroq Oy tomonidan berkiladi. Uning ahamiyatli jihati shundaki, to‘liq tutilish vaqtida o‘ta haroratli qatlamlar — Quyosh tojini kuzatish mumkin.
Izoh (0)