AQShning Jorjiya shtati, Atlanta shahridagi yotoqxonada ro‘y bergan yong‘inda olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, yotoqxonada yaqinda qamoqxonadan qaytgan yoki giyohvandlar reabilitatsiya markazlarini tark etgan kishilar istiqomat qilgan. O‘t o‘chiruvchilar hodisa joyiga kelganida bino o‘t ichida qolgandi. Alangalanish sabablari hozircha aniqlanmagan.
Yotoqxonada zaxira chiqish eshigi bo‘lmagan, bu esa odamlar evakuatsiya qilinishini qiyinlashtirgan. Qurbonlardan kamida bir nafari ayol ekanligi bildirilmoqda.
Izoh (0)