Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida Zika bezgagi bilan bog‘liq ikki yangi holat aniqlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Virus 3-mart kuni Venesueladan Xitoyga kelgan 47 yoshli kishi va uning 6 yoshli qizida aniqlangani aytilmoqda. Ayni paytda ular intensiv davolash kursini o‘tamoqda va ularning holati barqaror, deb baholanmoqda.
Oldinroq virus bilan bog‘liq 10 ta holat qayd etilgan Xitoyda rasmiylar G20 sammitidan oldin Zika bezgagiga qarshi kurash boshlagani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)