Yerdan 11,8 million kilometr naridan diametri 470 metrli 2015 WH2 asteroidi uchib o‘tib ketdi. Bu haqda Xalqaro astronomiya ittifoqining kichik sayyoralar markazi ma’lum qilgan, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Mazkur asteroid 2015-yil noyabrida amerikalik astronomlar tomonidan Arizona shtatining Lemmon tog‘ida joylashgan observatoriyada aniqlangandi. Kuzatuvlarga ko‘ra, uning o‘lchami yirik bo‘lib, diametri 150 dan 470 metrgacha boradi.
Asteroidning kimyoviy tarkibi va shakli hozircha olimlarga ma’lum emas.
Izoh (0)