Checheniston rahbari Instagram sahifasida o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayevga avstraliyalik Lukas Braun bilan jang oldidan omad tiladi.
“Kechki payt Gudermes sport majmuasida Ruslan va Lukas matbuot xodimlari qarshisida ko‘rgazmali mashg‘ulot olib bordi. Ruslan a’lo formada, yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan, g‘alabaga intilgan kayfiyatda”, — deb yozdi Ramzan Qodirov 4-mart kuni.
Shu bilan birga, u Chagayevning raqibi munosib ekanligini, biror marta mag‘lubiyatga uchramaganini ta’kidlab o‘tdi.
“Ikki professional tez orada ringga chiqadi. Ruslanga omad tilaymiz!” — deya qayd etdi Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, Ruslan Chagayev Grozniydagi jang arafasida avstraliyalik Lukas Braundan yengil bo‘lib chiqdi. Chagayev 112,7 kg, Braun 113,75 kg tosh bosdi.
Izoh (0)