“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu dolzarb mavzular bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi, deb yozadi “Sports.ru”.
Chempionlar ligasi haqida gapirar ekan, u “Real” uchun qiyin kechayotganini ta’kidladi. “Ispaniya kubogidan esa jamoamiz chiqib ketdi. Biroq biz Chempionlar ligasida hali qatnashmoqdamiz va unda g‘olib bo‘lishga umid qilmoqdamiz… Biz olg‘a yurish uchun ‘Roma’ bilan javob uchrashuvida yaxshi o‘yin ko‘rsatib, g‘alabaga erishishimiz kerak”, — dedi Ronaldu.
Shuningdek, futbolchi o‘zining o‘yin darajasiga to‘xtalib o‘tdi. “O‘ylashimcha, men doim bir xil darajada o‘ynayman. Rejalarim ‘Real’ nomidan o‘ynab, taxminan shu tarzda davom etish hamda jamoa bilan birgalikda va alohida mukofotlarni qo‘lga kiritib, shu bilan muxlislarimni xursand qilishdan iborat”, — deya qayd etdi u.
Krishtianu Ronaldu orzusidagi gol haqida esa quyidagicha fikr bildirdi: “Men ko‘p marta juda yaxshi gollarni urdim. Orzuimdagi gol — 11 ta raqibni yutib, urilgan gol. Bunday gollarni kompyuter o‘yinlarida urish mumkin. Buni hayotda amalga oshirib bo‘lmaydi, deb o‘ylayman, yanayam kim bilsin”.
Izoh (0)