Britaniya rasmiylarida mamlakatga noqonuniy yo‘l bilan kelgan minglab muhojirlarni deportatsiya qilish imkoniyati yo‘q. Bu haqda ichki ishlar vazirining suriyalik qochoqlar ishi bo‘yicha o‘rinbosari Richard Xarrington ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Mansabdorning aytishicha, ayrim noqonuniy muhojirlar deportatsiyani qiyinlashtirish uchun shaxsiy hujjatlarini yo‘q qilayotgani shunday vaziyatga sabab bo‘lmoqda.
“Ular rasmiylarga qaysi mamlakatdan kelganini xabar qilmaydi va shu bois mamlakatdan chiqarib yuborish jarayoni boshi berk ko‘chaga kirib qoladi. Ularning aksariyatini qayerga deportatsiya qilishni ham bilmaymiz”, — deya tan olgan Xarrington.
The Times ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yili Buyuk Britaniyadan 21 ming noqonuniy muhojir chiqarib yuborilgan. Biroq o‘tgan yili bu ko‘rsatkich, Yevropaga kelayotgan muhojirlar soni keskin ortganiga qaramay, deyarli ikki barobar — 12 ming kishigacha qisqargan.
Izoh (0)