London dunyodagi megapolislar ichida yuqori malakali xodimlar uchun eng ko‘p ish o‘rinlarini yaratdi, deya xabar bermoqda “RBK”. Bungacha ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Nyu-York yetakchilik qilardi.
Deloitte auditorlik kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yuqori malakali kadrlar uchun ish o‘rinlari soni Londonda 2013-yildan buyon 235 mingtaga o‘sdi va 1,71 milliontani tashkil qildi. Nyu-Yorkda esa yuqori malakali mutaxassislar ish o‘rinlari soni 1,16 milliontaga teng.
Uchinchi o‘rinni 0,63 millionta ish o‘rni bilan Parij band etdi. Ro‘yxatni Tokio, Gonkong, Singapur va Sidney davom ettirdi.
Izoh (0)