1-mart, seshanba kuni Isroil qiruvchi samolyotlari mamlakat osmonida yo‘lovchi samolyot bilan to‘qnashib ketishiga sal qoldi. Bu haqda Jerusalem Post gazetasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Isroil harbiy-havo kuchlariga qarashli to‘rtta qiruvchi samolyot Ryanair aviakompaniyasining Krakovga yo‘l olgan yo‘lovchi samolyoti bilan Isroil markaziy qismi osmonida to‘qnashib ketishiga oz qoldi. Ryanair uchuvchisining mahorati oxirgi daqiqalarda to‘qnashuvdan qutulib qolishga imkon berdi”, — deya ma’lum qiladi gazeta.
Ryanair samolyoti Eylat shahridagi “Ovda” aeroportidan parvoz qilgan va 8 kilometrdan ziyod balandlikda o‘quv mashqlarini o‘tkazayotgan qiruvchi samolyotlarga duch kelgan. Hodisa tafsilotlari Isroil HHK va transport vazirligi mutasaddilari tomonidan birgalikda o‘rganilmoqda.
Izoh (0)