Shaxmat bo‘yicha 2016-yilgi jahon chempioni unvoni uchun o‘tkaziladigan o‘yin sovrin jamg‘armasi million dollardan oshadi. Bu haqda, “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti Kirsan Ilyumjinov aytib o‘tdi.
“Sovrin jamg‘armasi million dollardan oshadi, g‘olib bu mablag‘ning 60 foizini qo‘lga kiritadi”, — dedi Ilyumjinov.
O‘yin noyabr oyida Nyu-Yorkda o‘tkaziladi. Unda jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsen Moskvada 11—28-mart kunlari tashkillashtiriladigan nomzodlar turniri g‘olibi bilan uchrashadi.
Moskvadagi musobaqada amerikalik Fabiano Karuana, Xikaru Nakamura, rossiyalik Sergey Karyakin, Pyotr Svidler, hindistonlik Vishvanatan Anand, bolgariyalik Veselin Topalov, gollandiyalik Anish Giri va armanistonlik Levon Aronyan qatnashadi.
Izoh (0)