Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) rahbari, FIFA prezidenti vazifasini sobiq bajaruvchi, kamerunlik Issa Hayatu xalqaro futbol tashkilotida islohotlarni muvaffaqiyatli ilgari surgani uchun oltita raqamga teng miqdorda mablag‘ olgan. Bu haqda Bloomberg manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hayatuning FIFA prezidenti vazifasini bajaruvchi lavozimidagi maoshi tashkilotning 26-fevralda bo‘lib o‘tgan kongressida ijroiya qo‘mitaning aksariyat a’zolari tomonidan ma’qullangan turkum islohotlarni tasdiqlashiga bog‘liq bo‘lgan. To bu jarayon amalga oshguncha Hayatu faqat maosh olgan, islohotlarga rozilik bergani uchun unga maoshidan ancha ziyod miqdordagi olti raqamli mablag‘ berilgan.
O‘tgan yil dekabri avvalida ijroiya qo‘mita shveysariyalik yurist Fransua Karrar boshchiligidagi maxsus qo‘mita tomonidan bir necha oy davomida ishlab chiqilgan bir qator takliflarni yoqladi. Asosiy qarorlar qatorida ijroiya qo‘mita o‘rniga FIFA kengashi tuzilishi, xalqaro futbol tashkiloti prezidenti vakolat muddatini 12 yil bilan cheklash, qo‘mitalar sonini 26 tadan 9 tagacha qisqartirish va kamida yilda bir marta FIFA konferensiyasini o‘tkazish kabi takliflarni sanab o‘tish mumkin.
Islohotlar jarayoni 2018-yil oxirigacha to‘liq yakunlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Issa Hayatu 2015-yil oktabr oyida FIFA prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan edi. 26-fevral, juma kuni Janni Infantino tashkilotning yangi prezidenti etib tayinlandi.
Izoh (0)