O‘zbekistonda 29-fevral, dushanba kuni havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.
29-fevralga o‘tar kechasi havo harorati O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +7 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Toshkent shahrida +8 darajagacha iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida dushanba kuniga o‘tar kechasi +10 darajagacha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +12 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +13 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
29-fevral kuni kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +8...+13 daraja, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida esa +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida havo harorati +23 darajagacha ko‘tarilsa, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +20...+25 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)